“Ozoda uyim- sarishta uyim” TTJ ga tashrif
8.11.2024-yilda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari M.A.Saydullayeva., M.A., Kaxorovalar 4-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. U yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
4 -son talabalar turar joyi Xalqaro fakultet talabalariga qarashli bo‘lib, talabalarning qulay yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yotoqxona ma’muriyati tomonidan qat’iy qonun-qoidalar o‘rnatilgan va unga ko‘ra talabalar qat’iy tartib-intizomga rioya qilishlari TTJ bannerlarida ko ‘rsatib qo‘yilgan. Yotoqxona hududida 24 soatlik xavfsizlik xizmati mavjud. Norezidentlar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslar yotoqxonaga kirishlari qat’iyan man etiladi. U yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar, dars xonalari, oshxonadagi jаrауоп, kutubxona faoliyati, shuningdek, qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishishdi. Talabalarning dars qilishlari hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish borasida fikr almashildi. Shuningdek, bir guruh talaba- qizlar bilan hаm samimiy suhbat olib borildi. Ayollar va erkaklar alohida qavatlarda istiqomat qilishadi. Talabalar uchun yotoqxonada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan keng oshxonalar mavjud. Har bir qavatda muzlatgichlar, mikroto‘lqinli pechlar va elektr plitalar bilan jihozlangan oshxona, yuvunish xonasi mavjud. Kir yuvish xonalari TTJ talabalari uchun bepul taqdim etilgan.
Talabalar bilan orastalikka rioya qilish, atrof – muhitga bo‘lgan munosabat masalasi haqida samimiy suhbat qilindi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof – muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, biror ish qilganda qo‘l, kiyim – bosh, shuningdek, tana va ichki a’zolarning faoliyati tufayli modda almashinishi natijasida hosil bo‘lgan chiqitlardan teri ifloslanadi. Hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Bularni to‘g‘ri kelgan joyga tashlash tufayli atrof – muhit zararlanadi. Oqibatda suvda, tuproqda, havoda kishi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar vujudga keladi. Ustozlar xonalarda, oshxona, yuvinish xonalar, yo‘laklarda chiqindilarni saqlamay maxsus joylarga o‘z vaqtida olib borish kerakligi haqida talabalar bilan suhbatlashdilar. Ozodalikka rioya qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerakligini uqtirib o‘tildi.
Bugun yurtimizda yoshlarga iste’dodlarini namoyon qilishlari, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganligini, хususan akademiyada ham talabalar sifatli ta’lim olishlari va kelajakda yetuk ijodkor bo’lishlari uchun bаrсhа sharoitlar mavjud ekanligi alohida qayd etildi.
Yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlar bilan birga xalqaro talaba qizlar tomonidan talabalarga tayyorlab berilayotgan ovqatlarni sifat darajasi pastligi, issiqlik ta’minoti to’liq berilmaganligi kabi kamchiliklar ham aytildi.