Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif
2024 yil 13-dekabr kuni kafedra katta o‘qituvchisi Pulatova Sh.S. hamda 2-Davolash fakulteti 119-A guruh talabalari Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzey mas’uli Jahon retro avtomobillari va O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar haqida qiziqarli fakt va ma’lumotlar berib o’tdi. Muzeyning 2-qismida Ilm-fanga oid yangiliklarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bu yerda «Turin Politexnika Universiteti» talabalari tomonidan yaratilgan noyob eksponatlar bilan tanishdik. Ayniqsa turli xil shakllarni hosil qiluvchi musiqiy «Kinetik sharlar» tomoshasi talabalar ko’mglidan joy oldi. Yana talabalar turli xil ranglarga bo‘yaladigan «3D Mapping Spark» shousi va transportning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi gologrammalarni tomosha qilishdi.