“Yotoqxona-ikkinchi uyimiz”
21.11.2024-yilda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Faiza Irikovna 5-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi va talabalar bilan “Yotoqxona-ikkinchi uyimiz” mavzusida suhbat olib bordi. U yerda talaba qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Talaba qizlar bilan orastalikka rioya qilish, atrof – muhitga bo‘lgan munosabat, masalasi haqida samimiy suhbat qilindi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof – muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Ustozlar xonalarda, oshxona, yuvinish xonalar, yo‘laklarda chiqindilarni saqlamay maxsus joylarga o‘z vaqtida olib borish kerakligi haqida talabalar bilan suhbatlashdilar. Ozodalikka rioya qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerakligini uqtirib o‘tishdi.