Rus shoiri S. Yesenin nomidagi muzeyiga tashrifi

Qatnashdilar: O‘qituvchilar Kamolova G.O. Samambetova F. Ruzimboyeva N. T.  va 102 B Fundamental tibbiyot va 116-a davolash talabalari

O‘zbekiston poytaxtidagi Sergey Yesenin muzeyi 1981-yil 10-iyulda toshkentlik she’riyat ixlosmandlari tashabbusi bilan davlat ko’magida shaxsiy to’plamlar va xayr-ehsonlar asosida ochilgan. Dastlab, Muzey «Xalq muzeyi» unvonini oldi, 1988-yildan esa davlat maqomiga ega bo’ldi.

Muzey fondida 3000 dan ortiq eksponatlar mavjud bo’lib, ular asosan 1921-yilda Sergey Yeseninning Toshkent va Samarqandga qilgan sayohati bilan bog’liq.

O’tgan yillar mobaynida Toshkentdagi S. Yesenin muzeyi nafaqat O’zbekiston Respublikasida, balki uning chegaralaridan ancha tashqarida ham katta shuhrat qozondi. Har yili unga 5000 ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

Ilmiy ekspozitsiya (Muzey tarixida to’rtinchisi) 19-asr oxirida shahar tumanida qurilgan eski bir qavatli binoda joylashgan bo’lib, u yerda S.Yesenin bilan tanish bo’lgan barcha toshkentliklar yashagan.

Mashhur rus shoiri Sergey Yesenin 1921-yil 13-maydan 3-iyunga qadar Toshkentda shoir doʻsti Aleksandr Shiryavsevning uyida mehmon boʻlib turgan. Shoir Toshkentdaligida bir necha bor Toshkent shoirlar uyushmasiga tashrif buyurgan va kitoblarini sotuvga qoldirib ketgan. Shuningdek shoirning Toshkentning eski shahar qismidagi choyxonalarida ham boʻlganligini F.Lixoletovning qaydnomalaridan oʻqish mumkin. Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri oʻzbek raqqosasi Tamaraxonim boʻlgan.

Muzeyda Sergey Yeseninning avtograflari, uning kamyob asarlari, suratlari, shuningdek, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar saqlanib kelinadi. Bundan tashqari Sergey Yeseninning doʻsti Shiryavsev fondi materiallaridan asosida „Yesenin va biz“ ekspozitsiyasi tashkil etilgan. 1942-yildan boshlab Toshkentda shoirning qizi, jurnalist va yozuvchi Tatyana Yesenina yashay boshlagan. Tatyana Yesenina Toshkentda 50 yil davomida istiqomat qilgan va „Pravda Vostoka“ gazetasida ishlagan. Seryey Yesenin muzeyi ochilganda otasining hayoti, ijodiga oid noyob eksponatlarni muzeyga taqdim etgan. Muzeyda Sergey Yesenning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitob nusxalari, shuningdek, boshqa tillardagi kitoblari ham mavjud

TTA talabalari 102 a,b guruhlar muzeyga tashrifdan juda mamnun bo‘lib, Sergey Yesenin hayoti va ijodi bilan, uning asarlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ular turli xildagi shoir she’rlari va ularning mazmuni haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi hamda o‘z taassurotlarini muzey daftariga ham yozib qoldirishdi. Muzeyga tashrif talabalar ongida Yesenin hayoti haqida nafaqat tasavvur va balki uning ijodi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.