2024 yil 21-noyabr kuni kafedra o‘qituvchisi Nazarova O.Sh. hamda Davolash-2 fakulteti 126-a va 123-b guruh talabalari muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzey mas’uli talabalarga TMAga tegishli bo`lgan tarixi va undagi tibbiyot sohasiga tegishli bo`lgan fidoyi va o`z kasbining haqiqiy yetuk mutaxassislari bilan yaqindan tanishtirdi. Urush yillarida o`z kasbini mardonavor olib borgan tibbiyot qaxramonlari haqida ham so‘zlab berdi. Talabalar akademiyani barpo bo`lishiga o`z hissasini qo`shgan fidoyi mashxur tibbiyot xodimlari haqida ma`lumotga ega bo`lishdi. Muzeyni ko`zdan kechirish mobaynida talabalar davolash, jarrohlik, klinikaga tegishli eksponatlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Shuningdek, talabalar akademiyaning turli viloyatlarda ochilgan filiallari haqida ham ma`lumotga ega bo`lishdi.