“Sog‘lom turmush tarzi”
19.06.2024 kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari dots. Aslanov A.S, o‘qituvchilar Avezova A.K., Temirov J Olmazor tumani “Jiydali” mahallasiga tashrif buyurishdi va “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida aholi bilan suhbat o‘tkazildi.
Bugun yurtimizda aholining sog‘lom turmush tarzi kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, 2020-yil 2-martda PF-5953 son hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilingan.
Sog‘lom turmush tarziga amal qilish va atrof-muhitni ozoda saqlash haqida mahalla fuqarolari bilan fikr almashildi. Fuqarolarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, sog‘lom hayot kechirish to‘g‘risida bahs munozaralar tashkil qilindi.
Bundan tashqari tibbiy savodxonlikni oshirish mavzusidagi kitoblar, internet saytlari va boshqa manbalardan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar qilindi