“Cardiac disease (yurak-qon tomir kasalliklari)” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

30.04.2026. ToshDavTU 1–son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi P.B Tashxodjayeva va M.Sh. Jabborova tomonidan tibbiyotda xorijiy til fanidan “Cardiac disease (yurak-qon tomir kasalliklari)” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda XF2516-A va XF2617-A xalqaro guruh talabalari hamda sohaga oid mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar davomida talabalar yurak-qon tomir kasalliklariga oid tibbiy terminlar, kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va profilaktikasi haqida ma’lumot oldilar. Taklif etilgan mutaxassislar tomonidan mavzu amaliy misollar va taqdimotlar asosida tushuntirildi. Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, talabalar faol ishtirok etdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.