Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir

Mana bir necha yildirki, mamlakatimizda 9 – may Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bu kun mamlakatimizda har yili keng nishonlanib, vatanning mustaqilligi va milliy qahramonlarimizga bo‘lgan hurmat ramzi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozongan insonlar xotirasini yod etish va ularga chin dildan hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilib kelinadi.
7-may 2026-yil kuni Xalqaro fakultet 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-son TTJ da 9-May Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan she’riy chiqishlar, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida universitetimizda ko‘p yillar faoliyat yuritgan, tibbiyot sohasiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar yodga olinib, slayd namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.